Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Institut talabalari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda


Samarqand davlat chet tillar institutida tibbiyot bo‘limi mavjud bo‘lib, unda bitta vrach hamda ikkita hamshira faoliyat olib boradi. Bo‘lim ish rejasiga asosan o‘quv yili mobaynida talabalar ikki bor tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Joriy yilning may oyida institut talabalari tibbiy ko‘rik xodimlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Ko‘rik jarayonida aniqlangan bemorlar amblatoriya va statsional sharoitda davolanishga yo‘naltiradi.
Ko‘rik jarayonida turmushga chiqqan, homilador, shuningdek, nogiron talabalarga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi  A.Abduraimov

chop etish