Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Institutda o’qituvchilar va murabbiylar bayrami nishonlandi


         29-sentabr kuni SamDCHTI faollar zalida 1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni bayrami keng nishonlandi. Bayram juda ko’taringki kayfiyatda davom etdi. Bayramga institut jamoasi, mehnat faxriy professor-o‘qituvchilar taklif etildi. Bayramni institutimiz prorektori F.Ro’ziqulov barcha ustoz va murabbiylarni  tabriklash bilan ochib berdi.

         Bayram davomida rahbariyatimiz tomonidan barcha o’qituvchi hamda murabbiylarga gul va sovg’alar ulashildi. Institutimiz talabalari tomonidan jonli  ijrodagi konsert dasturi uyushtirildi.

         Bayram so’ngida barcha professor-o’qituvchilar va xodimlar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.

chop etish