Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Institutda STEM loyihasi tanlovining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi


Samarqand davlat chet tillar institutida AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan STEM (science, technical, engineering, mathematics) loyihasining yakuniy tanlov bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlov natijalariga ko’ra Samarqand shahridagi oliy o'quv yurtlarining matematika, fizika, biologiya, kimyo, qishloq xo'jaligi, axborot texnologiyalari, muhandislik fakultetlari talabalaridan 52 nafari saralab olindi va ular loyiha doirasida 2 yil davomida bepul ingliz tili  kurslarida ishtirok etishadi. O’quv mashg’ulotlari institutning malakali professor-o’qituvchilari hamda Amerikalik mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

Natijalar

chop etish