Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Institutga Jika tashkiloti mutahassislari tashrif buyurdi


Joriy yilning 31-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Yaponiyaning Jika tashkiloti vakillari volontyorlar bilan ishlash koordinatori Mizuno Shigeriho ishtirokidagi mexmonlar tashrif buyurishdi.

Mehmonlar institut rektori I.M.Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i O.Yusupovlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Samarqand davlat chet tillar institutining faoliyati, ta’lim jarayoni, institutda yapon tili yo‘nalishi mavjudligi va talabalarga tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan yapon tilining o‘rgatilishi hamda institut talabalari Yaponiyaga stajirovkaga doimiy borib kelishi, SamDChTI akademik litseyida yapon tili yo‘nalishi ochilganligi to‘g‘risida institut rektori batafsil aytib o‘tdi.

Uchrashuvdan so‘ng mexmonlar institutda faoliyat yuritayotgan yapon tili mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

chop etish