Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Institutimiz hamda Koreya ta’lim muassasalarining navbatdagi hamkorligi


11-oktabrda institutga Koreyaning Soon Chun Hyang universiteti direktori Byung Wook Yoo va universitetning Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Lim Jae Sam ishtirokidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar rektor I.M.Tuxtasinov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O.Yusupovlar bilan rasmiy va hamkorlik uchrashuvini o’tkazishdi.

Institutda koreys tili yo’nalishi borligi, unda ta’lim olayotgan talabalarga malakali mutaxassislar tomonidan mukammal darajada koreys tilining o’rgatilayotganligi, institutning ta’lim yo’nalishlari va bosqichlari, Koreyaning yana ko’plab oliygohlari bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan rektor I.M.Tuxtasinov batafsil tanishtirib o’tdi.

Kelgusida talabalar almashinuvini ta’minlash jarayonida o’qituvchilarning ilmiy salohiyat jihatidan malakasini yetarli darajada oshirish, qo’shma fakultetlar va kombinentlarni tashkil etish, hamkorlikda madaniy kurslar joriy qilish to’g’risida SamDCHTI delegatsiya a’zolari bilan memorandum imzolashga kelishishdi.

Uchrashuv Koreyalik mehmonlarga institut nomidan esdalik sovg’alar tuhfa qilish bilan yakunlandi.

chop etish