Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Institutimiz o'qituvchi va murabbiylariga


        

 Aziz Ustozlar! Qadrdon hamkasblar! Avvalo, siz, azizlarni, Siz orqali barcha hamkasblarni umumxalq bayrami – O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan institut rahbariyati va o’z nomimdan  samimiy muborakbod etaman. 
         Ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo’lgan sizlar kabi aziz va mo’tabar zotlar sha’niga eng go’zal so’zlar, ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Sizlarning barchangizga hyech qachon uzib bo’lmaydigan qarzdorlik hissi bilan ta’zim qilamiz. 
         Biz bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qo’yayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo’lgan minglab farzandlarimiz kamolida, Samarqand davlat chet tillar instituti nufuzining yuksalishida o’qituvchi va murabbiylarimizning beqiyos hissasi borligini yaxshi bilamiz va sizlarning bu ulug’ xizmatingizni yuksak qadrlaymiz. 
            Ayni vaqtda biz institutimizning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, professor-o’qituvchilar malakasini oshirish, xorijdagi yetakchi ta’lim markazlari bilan ilmiy-pedagogik hamkorlikni kuchaytirish, o’quv-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalarini, yangi o’quv metodikalarini joriy etish bo’yicha hali oldimizda ko’plab dolzarb vazifalar turganini ham yaxshi anglaymiz va ularning yechimi ustida doimiy ish olib boramiz. 
             Ishonchim komil, xalqimiz ziyolilarining ilg’or vakillari bo’lgan Siz, hurmatli ustoz va murabbiylar institutimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash bo’yicha olib borayotgan ishlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarishda faol ishtirok etib, barchaga o’rnak va namuna bo’lasizlar. 
              Sizlarni 1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.Doimo sog’-omon bo’ling, aziz ustozlar! 
 

chop etish