Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

“Intellekt” to‘garagining navbatdagi darsi bo‘lib o‘tdi


7-may kuni SamDChTI Ingliz tili-II ingliz tilining integrallashgan kursi kafedrasi o‘qituvchilari J.B.Qurbonov va M.H.Azimovalar “Intellekt” to‘garagining “Verbal-linguistic intellegence (word smart)” mavzusidagi navbatdagi darsini o‘tkazishdi.
Ushbu mavzu 1-kurs talabalari o‘rtasida qizg‘in baxs-munozaraga sabab bo‘ldi. Og‘zaki nutqning ravonligi va sofligi barcha intektual talabalarga xos bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida so‘z bordi. Qizig‘i shundaki, talabalarning intellektual savodxonligini oshirish bevosita og‘zaki nutqning mukammal darajada namayon bo‘lishini talabalarning aksariyati tasdiqlashdi.
To‘garak davomida talabalar ikki guruhga ajratilib, o‘qituvchilar tomonidan berilgan savollarga ingliz tilida o‘z javoblarini berishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

chop etish