Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

Ishtixon qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida davra suhbati o‘tkazildi


Joriy yilning fevral oyida Ishtixon tumani Bahrin qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida “Oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari va harbiy qism ofitserlari ishtirokida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni turli buzg’unchi kuchlar ta’siridan har tomonlama himoyalashga qaratilgan davra suhbatlarini o’tkazish jadvali”ga asosan davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida Samarqand davlat chet tillar instituti psixologi Z.Oripov o‘quvchi yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizmning salbiy oqibatlari va ularni diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan saqlash holati bo‘yicha olib borilayotgan ko‘plab tadbirlar o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida qisqacha axborot va ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

chop etish