Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Ispaniya universitetlari bilan hamkorlik


Joriy yilning 13-mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Ispaniya universitetlarining xalqaro faoliyatini rivojlantirish va markazlarini tashkil etish bilan shug’ullanadigan “GEDEPSA” tashkilotining direktori professor Alejandro Pastrana Molero hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida tashrif buyurdi.

Professor Alejandro Pastrana Molero hamda institut rektori I.Tuxtasinov, Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Yusupov, Roman-german tillari fakulteti dekani B.Primov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyev, ispan va italiyan tillar kafedrasi mudirasi L.Sharopovalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Ispaniyaning Kastilla La-Mancha universiteti (THE UNIVERSITY OF CASTILLA-LA MANCHA) va SamDCHTI o’rtasida hamkorlik o’rnatish hamda SamDCHTIda ispan tilini o’qitishni rivojlantirish borasida muzokaralar olib borildi.

chop etish