Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

SamDChTIda 7-aprel — Jahon salomatlik kuniga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi


Samarqand davlat chet tillar institutida 2019-yil 11-aprel kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti hamda Ingliz tili-I fakultetlarida fakultetlar rahbariyati, hamda xotin-qizlar kengashi, shuningdek, Jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchilari hamkorligida fakultet talabalari o‘rtasida 7-aprel — Jahon salomatlik kuniga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.  
        Davra suhbati jarayonida Gideon Rixter farmatsevtik kompaniyasi vakillari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va talabalar jamoasi ishtirok etishdi.
        O‘tkazilgan davra suhbatida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “Talaba-qizlarning tibbiy savodxonligini shakllantirish”, “Reproduktiv salomatlik” kabi mavzularda, jumladan, Ingliz tili-I fakultetida “Sog‘lom turmush tarzi tamoillari” mavzularida qiziqarli ma’ruzalar qilindi.

chop etish