Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Jamiyat umidi, davlat ishonchi, insoniyatning oqil, dono va bilimdon tabaqasi – talabalarga SamDCHTI rektorining tabrigi


Samarqand davlar chet tillar instituti

Insoniyat kelajagi haqida soʻz ketganda soʻz aynan talabalar xususida boradi. Bejizga emas, ertaning egalari, insoniyatning qay yoʻldan ketishi, qanday yutuqlarga erishishi aynan ularga bogʻliq va ulargina insoniyatni qayergadir boshlab boradi. Axir ular jamiyatning eng oqil, dono qismi. 

Dunyodagi jamiyki talabalar esa, shu jumladan, Oʻzbekiston talabalari ham 17-noyabr kuni kitob, imtihon, "zachyot", "shpargalka" degan tushunchalarni unutib – xurramlikka berilish kabi qonuniy huquqga ega boʻladilar.

Aksariyat oliygohlarda ushbu kunda QVZlar sahnalashtirilib, eng koʻp ball bilan oʻqishga kirgan talabaga ramziy "talabalik guvohnomasi" topshiriladi. Hozirgacha bir guruh talabalar bilan bogʻlanib, ularning talabalik davri hamda maqsad-intilishlari haqida qiziqib o‘tdik.

Talabalar fikridan 

— Talaba boʻlgan kunim – men uchun kelajagim aniqlashgan. Bu menga bir imkoniyat tarzida berilganini va shu bilan birga yana bir pogʻonaga yuqorilaganimni his qilganman. 
— Talaba boʻlganimda, xuddi bir yil oldin "yiqilganimda" kabi yigʻlaganman. Buni tan olishdan uyalmayman!
— Avval bir haftagacha ishonmaganman va, albatta, shunday baxtga muyassar boʻlganimdan magʻrurlanganman.

Hurmatli va biz uchun aziz bo‘lgan yurtimiz, xususan, institutimiz talabalari, sizlarni bugungi qutlug‘ kuningiz, ya’ni talabalar kuni bilan chin qalbimdan institutimiz jamoasi nomidan tabriklayman. Kelajakda yurtimiz taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shishingizga, har biringiz o‘zingiz orzu qilgan kasb egasi bo‘lishingiz va o‘sha kasbni fidokorona davom ettirishingiz, shuningdek, oila a’zolaringiz va bizning baxtimizga doimo sog‘-omon bo‘lishingizga tilakdoshman.

Yana bir bor talabalar kuni bilan chin dildan muborakbod etaman!

SamDCHTI rektori   I.Tuxtasinov

chop etish