Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Janubiy Koreyaning Daegu Haany universiteti bilan hamkorlik Shartnomasi imzolandi


Joriy yilning 10 may kuni Janubiy Koreyaning Daegu Haany universiteti vakillaridan iborat delegatsiya SamDCHTIga tashrif buyurdi.

Daegu Haany universiteti xalqaro xizmat markazi direktori professor Myung-Soon Sung, xalqaro ta’lim markazi direktori Jo Yemi va “Korea Study – Education in Korea” markazi mutaxassisi Lee Sang Shiklardan iborat delegatsiya bilan SamDCHTI rektori I.Tuxtasinov, o’quv ishlari bo’yicha prorektor F.Ro’ziqulov, xalqaro aloqalar bo’limi boshligi O.Yusupov, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani B.Odilov va sharq tillari kafedrasi mudiri D.Turaevalar ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Tashrif davomida ikki ta’lim muassasalari o’rtasida ilm-fan, ta’lim va ilmiy-tadqiqot kabi sohalarda hamkorlik aloqalarini amalga oshirish bo’yicha Hamkorlik Shartnomasi imzolandi.
Hamkorlik o’z ichiga zamonaviy ta’lim metodlari almashinuvi, hamkorlikda konferensiyalar va seminarlar tashkil etish, hamkorlikda yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash, o’quv-metodik tajriba va ma’lumotlar almashish, professor-o’qituvchilar va xodimlar ishtirokida onlayn ma’ruzalar va mahorat darslarini tashkil qilish kabi vazifalarni qamrab oladi.

chop etish