Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Janubiy Koreyaning Kookmin universiteti vakillarining tashrifi


2019-yilning 4-may kuni Janubiy Koreyaning Kookmin universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti Dong-Eun Lee boshchiligidagi 5 kishilik delegatsiya SamDChTIda kutib olindi.
Delegatsiyani SamDChTIda rektor I.Tuxtasinov, Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyevlar kutib olishdi va rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Rasmiy uchrashuvda rektor I.Tuxtasinov SamDChTI haqida qisqacha ma’lumot berib, ta’lim sohasidagi hamkorlik qilish taklifi uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. Vitse-prezidenti Dong-Eun Lee keyingi yillarda O‘zbekistonda shaharsozlik, iqtisod va ta’lim sohasida katta o‘zgarishlar amalga oshirilayotganligini e’tirof etdi. SamDChTIda koreys tilini o‘qitish borasida, jumladan, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash va koreys o‘qituvchilarini taklif etish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Uchrashuvda nafaqat koreys tilini o‘qitishni rivojlantirish, balki ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik o‘rnatish borasida fikrlar-mulohaza va takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Kookmin universiteti va SamDChTI o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

chop etish