Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Jigulskaya Darya Vladimirovna innovatsion metodlar asosida turk tili darslarini o‘tmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli hamda 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv jarayonlariga xorijlik malakali mutaxassislar taklif etilmoqda.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti talabalariga turk tilidan seminar-trening hamda ma’ruza darslarini o‘qitish uchun Moskva davlat universiteti dotsenti Jigulskaya Darya Vladimirovna taklif etildi.

Jigulskaya Darya Vladimirovna tomonidan o‘tilayotgan turk tili darslari g‘oyat ko‘taringki ruhda, zamonaviy innovatsion metodlar asosida tashkil etilmoqda. Institut talabalarining chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan shijoatli g‘ayratlari turk tilini ham qiyinchiliksiz o‘rganishiga yo‘l ochmoqda.

chop etish