Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish


 Joriy yilning 2-may kunida Roman-german tillari fakultetida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarlik profilaktikasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi.
Tashkil etilgan davra suhbati davomida institut prorektori O.G‘aybullayev, viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Fayzullayev va boshqa xodimlari, Samarqand shahar Ruhobod masjidi imom hatibi P.Amirov, viloyat IIB xodimi N.Umarovlar ishtirok etib, jinoyatchilikning oldini olish to‘g‘risida qanday chora-tadbirlar ko‘rilayotganligi, shuningdek, turli xil diniy oqimlarga kirib ketmaslik to‘g‘risidagi nutqlari bilan ma’ruza qilishdi. 
Talabalar suhbat davomida tug‘ilgan savollariga kelgan mehmonlardan javob olishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

chop etish