Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Kaen-Normandiya Universiteti professori ishtirokida seminar-treninglar


Samarqand davlat chet tillar instituti va Fransiyaning Kaen-Normandiya Universiteti o’rtasidagi Erasmus+ “Xalqaro kredit mobillik” loyihasi doirasida imzolangan shartnomaga asosan institutning fransuz tili yo’nalishi talabalari uchun fransuz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari uchun “Fransuz tilini xorijiy til sifatida o’qitishning interaktiv va zamonaviy metodlari” mavzularida seminar-treninglar bo’lib o’tdi. Ishtirokchilar seminar-treninglarning qiziqarli va foydali bo‘lganligi, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda chet tillarni o’rgatish ta’lim sifatini yanada oshishiga xizmat qilishini ta’kidlashdi.

Seminarlar yakunida fransiyalik mutaxassis Senoze Laurent bilan SamDCHTI rektori I.Tuxtasinov va xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O.Yusupovlar ishtirokida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda fransiyalik mutaxassis ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi va institut talabalarining juda faol va bilimga chanqoqligini e’tirof etdi. Institut rektori mutaxassisga tashrifi va tashkil etgan seminar-treninglari uchun minnatdorchilik bildirildi.

chop etish