Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

SamDChTI va Ispaniyaning Kastiliya La-Mancha universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanadi


2019-yilning 7-may kuni Ispaniyaning  Kastiliya La-Mancha universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori  Fatima Guadamillas Gomez  boshchiligidagi 3 kishilik delegatsiya SamDChTIga tashrif buyurishdi. Delegatsiyani SamDChTIda rektor I.Tuxtasinov, Roman-german tillari fakulteti dekani B.Primov, Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyev va boshqalar kutib olishdi hamda rasmiy uchrashuv tashkil etildi, shuningdek, mazkur uchrashuvda Samarqand shahar hokimi F.Rahimov shaxsan o‘zlari ham ishtirok etdi. 
        Samarqand shahar hokimi F.Rahimov Samarqand shahar tarixi, shahrimizning Buyuk ipak yo‘li chorrahasida bekat vazifasini o‘taganligi, jumladan, o‘rta asrlardan Ispaniya va yurtimiz o‘rtasida elchilik aloqalari mavjud ekanligi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib, ta’lim sohasidagi bildirilgan hamkorlik qilish taklifi uchun samimiy minnatdorchilik bildirib o'tdi. 
       Uchrashuv davomida ispan  tilini o‘qitish borasida, jumladan, ispan tili  o‘qituvchilari, talabalari almashinuvi va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, ilmiy tadqiqot, shuningdek, shaharlararo turizm sohalarida ham hamkorlik o‘rnatish kabi maslalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi. 
      SamDChTI Roman-german tillari fakulteti ispan va italiyan tili yo’nalishi  kafedrasi qoshida ispan tilini yanada rivojlantirish va talabalarning bilim-saviyasini yanada oshirish maqsadida ispan tili markazining  ochilish marosimi ham bo’lib o’tdi.
       Uchrashuv yakunida Kastiliya  La-Mancha universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

chop etish