Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

KOICA tashkiloti bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda


Institut Janubiy Koreyaning KOICA xalqaro tashkiloti bilan koreys tili, adabiyoti va madaniyati sohalarida uzoq yillardan buyon samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Har o’quv yilida KOICA tashkiloti volontyorlari intstitut o’quv jarayoniga jalb qilinib kelinmoqda.

Institut xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i O.Yusupov va Uzoq sharq tillari kafedrasi katta o’qituvchisi M.Baymatovalar Toshkent shahrida o’tkazilgan KOICA tashkilotining seminarlarida ishtirok etishdi. Seminarlar davomida KOICA volontyorlari faoliyati, amalga oshirilgan loyihalar, hamkorlik aloqalari kabi masalalarni muhokama qilish bilan bir qatorda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan rejalar ham muhokama qilindi.

 

chop etish