Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Samarqand davlat chet tillar institutiga Janubiy Koreyaning yuqori martabali mehmonlari tashrif buyurishdi


SamDCHTIda Koreya Demokratik partiyasi vakili janob Chin Yong, Ozod Koreya partiyasi vakili janob Kim Dje Kyung, Koreya milliy assambleyasi vakili janob Ryu Dong Xa, shuningdek, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi („KOICA“) ning Vitse-Prezidenti janob Bek Seuk Xi, „KOICA“ bosh ofisi xodimi Cho In Co, O‘zbekistondagi „KOICA“ tashkilotining direktori janob Son Song Illar bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida SamDChTI faoliyati, filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishi to‘g‘risida institut rektori I.M.Tuxtasinovbatafsil tanishtirib o‘tdi hamda institutda koreys tilini o‘qitishda amalga oshirayotgan hamkorligi uchun „KOICA“ tashkiloti rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirdi. Jumladan, SamDChTIda doimiy ravishda ushbu tashkilot tomonidan yuborilgan ko‘ngilli koreys tili o‘qituvchisi samarali faoliyat olib borishini, 2019-yildan ularning soni ikki nafarga oshirilganligini e’tirof etdi.

O‘z o‘rnida Koreyalik delegatsiya a’zolari ham SamDChTI bilan ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishdan, O‘zbekistonda koreys tilini o‘rgatish borasida hamkorlik qilishdan minnatdor ekanliklarini bildirishdi.

Ikki tomonlar kelgusida hamkorlik yo‘nalishlarida elektron kutubxonalar yaratish, qo‘shma diplom dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar malakasini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda fikr-mulohazalar almashinildi.

Rasmiy uchrashuvdan so‘ng delegatsiya a’zolari koreys tili yo‘nalishi talabalarining dars jarayonlarini ham kuzatishdilar.

chop etish