Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Konfutsiy institutiga xush kelibsiz


Institutimizning Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Yaqin sharq tillari kafedrasi hamda institutimiz qoshidagi Konfutsiy instituti hamkorlikda xitoy tili yo’nalishi 1-kurs talabalari bilan “Konfutsiyga xush kelibsiz” nomli tadbir o’tkazildi.

Tadbirda Xitoy Xalq Respullikasidan institutimizga kelib ta’lim berayotgan professor o’qitivchilar Lyu Tao, Peng Singge, Bi Fengyunlar hamda Yaqin sharq tillari kafedrasi professor o’qituvchilari talabalarga xitoy tili, san’ati, madaniyati, tarixi va Konfutsiy instituti haqida keng tushunchalar berishdi.

Shuningdek grant asosida xitoyda ta’lim olib kelgan talabalar Hatamov Sunnat, Pardaqulova Umida va Mamatqulova Dilshodalar xitoydagi ta’lim sharoitlari va chet ellik talabalarning hayoti haqida so’zlab berishdi. Bundan tashqari xitoy tili yo’nalishi talabasi Hamdamova Charos ajoyib xitoy raqsini ijro etdi.

chop etish