Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Koreys tili bo’yicha insholar tanlovi


Samarqand davlat chet tillar instituti 3-4 kurs talabalari 2018-yil 22-24-oktyabr kunlari Toshkent shahrida Song Kyun universiteti tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida koreys tili bo’yicha insholar tanlovida ishtirok etishdi. Musobaqa ishtirokchilari jami 52 kishi bo’lib, institute va universitet shuningdek til markazlari talabalari ishtirok etishdi. O’tgan yildagi musobaqalardan farqli ravishda bu yil Ukraina davlatidan ham bir talaba ishtirok etdi.

Musobaqada SamDCHTI talabalari Rabbimov Bekzod, Axrorova Mohinur va Qaytarov Temurjonlar muvaffaqqiyatli ishtirok etishdi. Natijada 4-kurs talabasi Rabbimov Bekzod faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

chop etish