Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Koreys tili tadqiqotlari akademiyasi delegatsiyasi tashrifi


6-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Janubiy Koreyaning Koreys tili tadqiqotlari akademiyasi direktori Ku Nanhee xonim va Ta’lim yo’nalishlari bo’limi boshlig’i Choi Byung-Yonglar tashrif buyurishdi.

Institut xalqaro aloqalar bo’limida bo’lib o’tgan rasmiy uchrashuvda Koreys tili tadqiqotlari akademiyasi va Samarqand davlat chet tillar institutlari o’zaro muloqot o’tkazishdi. Ikki oily ta’lim muassasalari o’rtasida koreys tili va adabiyoti, madaniyati, Koreya tarixi yo’nalishlarida ilmiy tadqiqot olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar uchun imtiyozli ta’lim grantlari ajratishi borasida fikr almashishdi.

Shunungdek, Koreys tili tadqiqotlari akademiyasi professorlarini ilmiy tadqiqot ishlariga maslahatchi va rahbar sifatida jalb qilish, zamonaviy ta’lim metodlari almashinuvi, professor-o’qituvchilar malakasini oshirish kursalari tashkil qilish, koreyalik mutaxassislarni o’quv jarayoniga jalb qilish kabi masalalar ham muhokama qilindi.

chop etish