Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari!


Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida 2019-yil 13-fevral kuni Samarqand viloyat IIB boshqarmasi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat makazi Samarqand viloyat bo‘limi xodimi A.Shokirov, hamkorlikda “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari!” mavzularida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni yoshlar bilan ishlash buyicha prorektor O.G‘aybullaev ochib berda hamda ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari va shu kabi muammolarning sodir bo‘lishini oldini olish maqsadida doimiy ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinayotganini gapirib o‘tdi.

Respublika ma’naviyat va ma’rifat makazi Samarqand viloyat bo‘limi xodimi A.Shokirov, institut psixologi Z.Oripov, mehnat muhofazasi bo‘yicha 1-toifali muhandis I.Salomovlar ham so‘zga chiqishdilar.

chop etish