Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

Korrupsiyaning oldini olish, giyoxvandlikka qarshi kurash


Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakultetida 2019-yil 20-fevral kuni “Korrupsiyaning oldini olish, Giyoxvandlikka qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB qo‘riqlash bo‘limi 2-otryad komandiri I.Mamatqulov, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB qo‘riqlash bo‘limi guruh komandiri I.Xudoyberdiyev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Suyunov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, kafedra o‘qituvchilari hamda 80 nafar talabalar tadbirda ishtirok etishdi.

Tadbirda “Yoshlar giyoxvandlikka qarshi”, “Giyoxvandlik – umr zavoli va uning salbiy oqibatlari”, “Korrupsiya – jamiyat kushandasi” kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qildi hamda talabalar tomonidan tayyorlangan qisqa metrajli sahna ko‘rinishi ham ijro etildi.

chop etish