Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Korunya universitetida treyning


Ispaniyaning Korunya universiteti CLASS loyixasining dasturiga muvofiq O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun treyning kurslar o‘tkazishdi. Treyning kurslarda Samarqand davlat chet tillari o‘qituvchilari Bakiyev Fahriddin, Nasrullayeva Tozagul, Bekniyazova Sevara va Ashurov Zafar ishtirok etishmoqda. 
O‘quv kurslari 2018 yil 18 iyundan  3 iyulgacha Korunya universitetining Filologiya va Kompyuter texnologiyalari fakultetlarida davom etadi. Kurslar xar kuni Moodle platformasida “aralash ta’lim” (blended learning ) texnologiyalari asosida, 4,5 soat an’anaviy va 3,5 soat masofaviy tarzda tashkil qilinmoqda.
Treyningda Korunya universitetining 9 ta ekspertlari tomonidan taqdim qilingan “Aralash ta’lim texnologiyalari”, “Lingvistika”, “Tabiiy tillar qayta ishlash” va “Ta’lim sifatini baxolash” kabi modullar bo‘yicha o‘qitish tashkil qilingan. Bu modullarning barchasi “Kompyuter lingvistikasi” bo‘yicha magistrlar tayyorlash uchun zarurdir.

Treyning davomida Evropadagi boshqa xamkor universitetlardan (Santyago de Kampostella universiteti va Porto universiteti) loyixa a’zolari magistrlar tayyorlash uchun malaka talablari, o‘quv rejalari va fanlarini muxokama qilish maqsadida tashrif buyurishdi.

chop etish