Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Yosh tadqiqotchilarning 51 – butun Rossiya ilmiy anjumani “MADANIY TASHABBUSLAR”


Joriy yilning 1-aprelidan 5-apreliga qadar SamDChTI delegatsiyasi Rossiyaning Chelyabinsk Davlat madaniyat institutida bo'lib o'tgan "MADANIY TASHABBUSLAR" yosh tadqiqotchilarning 51-butun Rossiya ilmiy anjumanida ishtirok etdi.

Anjumanda dunyoning turli OTMlaridan, Rossiya va MDH mamlakatlaridan 120 dan ortiq ishtirokchilar o’zlarining maqolalari va ma'ruzalari bilan qatnashdilar. Ularning orasida institutimizning vakili, ingliz tili - II fakulteti uchinchi kurs talabasi Nasrullaev Javohirxon o'z ma'ruzasi «O'zbek xalqining madaniy va ma'naviy merosining jahon to’plamlaridagi ahamiyati» mavzusida muvaffaqiyatli ishtirok etib, «Muzeylar va turizmning zamonaviy muammolari» yo’nalishida I - o'rinni egalladi.

Hamda SamDChTI jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti Ibragimov Rustem Chelyabinsk Davlat madaniyat institutining jismoniy tarbiya va sport kafedrasi uchun mahorat darslari o'tkazdi.

chop etish