Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Maktablarda seminar-treninglar tashkil etilmoqda

Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i A.A.Shermatov 2019-yil 1-noyabrda o‘zi tahsil olgan Pastdarg‘om tumanidagi 34-sonli umumiy o‘rta maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktab kutubxonasiga 10 dan ortiq badiiy hamda ilmiy-ommabop kitoblar sovg‘a qildi. 

Maktab ma’muriyati bilan tashkil etilgan uchrashuv davomida maktab o‘qituvchilari bilan “O‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.  Seminar-trening jarayonida maktab o‘qituvchilariga zamonaviy pedagogik texnologiyalardan sinflar kesimida samarali foydalanish usullari, ularni dars o‘tishda qo‘llash afzalliklari, ustunliklari to‘g‘risida foydali ma’lumotlar berildi hamda maktab o‘qituvchilari bilan birgalikda kichik guruhlarga bo‘lingan holda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar mazkur seminar-treninglarni tuman maktablarida ham bardavom qilish zarurligi, pirovardida esa bunday jarayonlar maktab ta’lim tizimida ham ijobiy natijalar berishini ta’kidlashdi. Keyingi tashriflarda “Oila psixologiyasi”, “Ota-onalar mas’ulligi”, “Kitobxonlik” kabi mavzularda seminarlar o‘tkazilishi to‘g‘risida kelishib olindi.

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish