Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Mehnat sohasidagi asosiy prinsiplar va normalarga rioya etish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi


2018 yil 10 aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida institut talabalari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida 2017 yil 16 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017 yil 4 oktyabrdagi SQ-231-III-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mehnat sohasidagi asosiy prinsiplar va normalarga rioya etish masalalari” yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Davra suhbatida Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Sh.Shodiev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.b. A.Eshqobilov, ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Sh.Suyunov, psixolog Z.Oripov, professor-o‘qituvchilar va 140 nafar talabalar ishtirok etishdi.

    Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Sh.Shodiyev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.b. A.Eshqobilov, ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Suyunovlar so’zga chiqib, mehnat sohasidagi asosiy prinsiplar va normalarga rioya etish masalalari yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.

    Davra suhbatida institut talabalari va professor-o‘qituvchilari mavzu yuzasidan o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

chop etish