Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Mustaqillikning 27 yilligi munosabati bilan institut rektori I.Tuxtasinovning bayram tabrigi


Aziz va muhtaram ustozlar, qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni xalqimizning g`uru-iftixori bo`lgan eng ulug`, eng aziz bayramimiz Mustaqilligimizning 27 yillik ayyomi bilan chin qalbdan qutlab, qalbimda bo`lgan samimiy tilaklarimni institut rahbariyati nomidan bildiraman.

Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni, xalqimizning munosib hayot kechirishini ta’minlash borasida bugun oldimizda yanada muhim va dolzarb vazifalar turganini biz har tomonlama chuqur anglaymiz. 

Samarqand davlat chet tillar instituti mustaqillik yillarida nafaqat viloyat, balki mintaqa uchun ilmiy-ijtimoiy o‘ta muhim va e’tiborga molik oliy ta’lim maskaniga aylangan va nafaqat yurtimizda balki dunyo mamlakatlati o`rtasida o`z o`rnini egallamoqda.

Betakror Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon tolmaylik, charchamaylik!  Barchamizga, jonajon yurtimizning kamolini, farzandlarimiz va nabiralarimizning baxtu iqbolini ko‘rish nasib etsin!

O‘zbekistonimiz doimo gullab-yashnasin! Mustaqillik shodiyonalari muborak bo‘lsin.

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

SamDCHTI rektori Tuxtasinov Ilxom Madaminovich

chop etish