Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Nemis tili va adabiyoti fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining II-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda


Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 5-apreldagi 314-sonli buyrug‘iga binoan “2019-yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalarining respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risidagi” buyrug‘iga hamda vazirlikning 2015-yil 7-apreldagi 123-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalar respublika fan olimpiadasi to‘g‘risidagi NIZOM”ga muvofiq “Nemis tili va adabiyoti” mutaxassislik fanidan talabalar respublika fan olimpiadasi 2-bosqichining ochilishi 13-may kuni soat 9:30 da institutning bosh binosida bo‘lib o‘tdi. 
Olimpiadaning ochilish marosimida institut rektori I.M.Tuxtasinov olimpiada ishtirokchilarini tabriklagan holda ularga omad va zafar tiladi. Shuningdek, ochilish marosimida institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.S.Ashurov, DAAD lektori Simon Kretschmer hamda Samarqand shahar 51-sonli maktab o‘qituvchisi Sophia Schatz so‘zga chiqib ishtirokchilarga omadlar tiladi. Shundan so‘ng olimpiada ishtirokchilari Roman-german tillari fakultetida tayyorlangan maxsus xonalarda topshiriqlarni bajara boshlashdi. Respublika fan olimpiadasida 12 ta OTMlardan 12 nafar talabalar ishtirok etishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

chop etish