Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Odam savdosi – mudhish jinoyatdir


2018 yil 11 may kuni institut akademik litseyi kichik zalida “Odam savdosi – mudhish jinoyatdir” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Samarqand shahar prokurori yordamchisi Z.Hamdamov, roman-german tillari fakulteti dekani B.Primov, roman-german tillari fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari O‘.Sattorov, ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Suyunov va roman-german tillari fakulteti 80 nafar talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar odam savdosi mudhish jinoyat ekanligi, yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi hamda mehnat qilish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asoslari to’g’risida talabalarga batafsil tushuntirdi.

Mavzu yuzasidan talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

chop etish