Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

Odam savdosiga qarshi kurashish barchaning vazifasi


Samarqand davlat chet tillar institutining Samarqand viloyat davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi va Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida talaba-yoshlar o’rtasida diniy ekstremizm, xavfsizlik va huquqbuzarlikning oldini olish, korrupsiyaning oldini olish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish bo’yicha 2019-yil 20-fevraldan 20-martgacha mo’ljallangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2019-yil 15-mart kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti “Yaqin sharq tillari” kafedrasi talaba-yoshlar uchun  “Odam savdosiga qarshi kurashish barchaning vazifasi” mavzusida davra suhbati tashkil qildi. 
Tadbirga Samarqand viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo’limi  tezkor vakili mayor Elbayev To’lqin Nuriddinovich taklif qilindi va mavzu yuzasidan tegishli ko'rsatma hamda tushunchalar berib o`tildi

chop etish