Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

“Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va o‘zbekiston amaliyoti” mavzusida navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 8-yanvar kuni institut professor-o‘qituvchilari uchun “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: Xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusida Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i O.Yusupov tomonidan seminar-trening tashkil qilindi.

Seminar-treningda Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xojrijiy tajribalarni o‘rganish orqali oliy ta’limni rivojlantirish, oliy ta’lim tizimini xalqarolashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasida oliy ta’limga qaratilgan e’tibor, “El Yurt Umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovi asosida xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish, xorijiy ilmiy, ta’lim, ijod muassasalari, davlat idoralari, korxona va tashkilotlarda stajirovka o‘tash, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida magistratura, doktorantura dasturlarida ta’lim olish imkoniyatlari, Respublikamizda xorijiy OTMlari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan qo‘shma dasturlar, xorijiy OTMlarning filiallari, milliy va xalqaro reyting tizimi, Bolonya ta’lim jarayoni va O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi qiyosiy tahlili masalalari atroflicha yoritildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

chop etish