Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Samarqand shahrida “O‘zbekiston — umumiy uyimiz” festivali bo‘lib o‘tdi


Ma’lumki, O‘zbekistonda turli millat va elat vakillari o‘zbek xalqining tashvish-u quvonchlariga sherik bo‘lib, milliy urf-odatlari va an’analari  chambarchas bog‘langan holda yashab kelmoqda. 
“O‘zbekiston – umumiy uyimiz”  do‘stlik festivali ana shunday an’analarni saqlab qolish va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan.
“9-may — Xotira va qadrlash kuni” bayrami arafasida Samarqand viloyatining bir necha shahar va tumanlarida do‘stlik festivallari bo‘lib o‘tmoqda.  Xususan, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari va Urgut tumanida bo‘lib o‘tayotgan tadbirlarda Samarqand davlat chet tillari institutining rahbariyati hamda talaba yoshlari ham faol tarzda  ishtirok etmoqdalar. Bu tadbirda rus, tatar, turk, yahudiy, koreys va boshqa millat vakillari hamda milliy-madaniy markazlar, ularning qoshidagi badiiy jamoalar hamda keng aholi vakillari ishtirok etmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

chop etish