Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Porto universiteti professori tomonidan seminar-treninglar tashkil etilmoqda


Samarqand davlat chet tillar institutida ta’lim jarayoniga malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilib, ular ishtirokida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar hamda mahorat darslari tashkil etib kelinmoqda. 
SamDChTI va Porto Universiteti bilan Erasmus+ dasturi doirasida hamkorlik shartnomasi imzolangan bo‘lib, mazkur shartnomaga asosan joriy yilning 15-20 aprel kunlari Portugaliyaning Porto Universiteti professori Nicolas Robert Hurts taklif etilgan. Xorijlik mutaxassis Ingliz tili-II fakultetida bir hafta davomida talabalar uchun seminar-treninglar hamda fakultet professor-o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

chop etish