Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Prezidentimiz Murojaatnomasining mazmuni, mohiyati keng miqiyosida institut jamoasiga yetkazilmoqda


Bugungi kunda biz barchamiz jonajon Vatanimizning siyosiy hayotidagi muhim voqea va o‘zgarishlardan xabardor bo‘lmoqdamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan navbatdagi mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnomasi taqdim etildi.

Samarqand davlat chet tillar institutida Prezidentimiz Murojaatnomasining mazmuni, mohiyati hamda ahamiyatli jihatlari institut jamoasiga keng miqyosida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yetkazilmoqda.

Institut professor-o‘qituvchilari jamoaga murojaatnomaninig mazmun, mohiyati bilan tanishtirish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sizlarga yaxshi ma’lumki, dunyodagi ko‘pchilik taraqqiy topgan mamlakatlarda davlat rahbarining milliy parlament a’zolari huzurida eng asosiy va dolzarb siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va jamiyatni demokratik rivojlantirish bo‘yicha Murojaatnoma bilan chiqish tajribasi mavjud” deb Prezidentimiz nutqlarini yana bir bor ta’kidlab o‘tdilar.

Samarqand davlat chet tillar instituti yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori G’aybullayev Otabek Muxammadiyevich, falsafa fanlari  nomzodi Amridinova Dilrabo Tursunovna, tarix fanlari nomzodi Xandamova Ma’rifat Akramovnalar ham ushbu murojaatnomaning qanchalik muhum ahamiyatga ega ekanligini va nafaqat jamoaga balki barcha institutimiz talabalari ham bilishi kerakligini aytib o’tishdi.

chop etish