Bosh sahifa Institut Markaz va bo'limlar

Xorijiy Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi


Muzropov Xolmuhammad Fayzulloevich
Xorijiy Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig'i
Telefon:
+998-366-238-29-52
Elektron pochta: jointed.dep@samdchti.uz;  sifljointedu.dep@gmail.com

BO’LIM HAQIDA

Samarqand davlat chet tillar instituti Xorijiy oily ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo’shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo’lim

Zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 2019 yilda Samarqand davlat chet tillar institutida xorijiy oliy ta’lim muassasasalari bilan hamkorlikda Qo’shma ta’lim dasturlari bo’limii tashkil etildi.Qo’shma ta’lim dasturlari doirasida Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya va Malayziya kabi rivojlangan davlatlarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan. Jumladan, Xitoyning Shanxay xorijiy tillar  universiteti, Janubiy Koreyaning Sunchunyang universiteti, Rossiyaning Altay davlat pedagogika  va Belgorod milliy tadqiqot universitetlari, Malayziyaning “City University Malaisya” universitetlari bilan hamkorlikda 5 ta bakalavriat yo’nalishlari va 1 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Bo’limda 2019-2020 o’quv yilida 65 nafar, 2020-2021 o’quv yilida esa 152 nafar talabalar qabul qilindi. Hozirda jami 217 nafar bakalavr va magistrantlar tahsil olishmoqda.

Qo’shma ta’lim dasturlari doirasida “Filologiya va tillarni o’qitish” yo’nalishi bo’yicha Koreys, Xitoy, Rus va ingliz tillari, va “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” bakalavriat yo’nalishlarida ta’lim olib borilmoqda. Ushbu ixtisosliklar bo’yicha o’qishning birinchi va ikkinchi yillari SamDChTIda olib boriladi. Dastlabki ikki yillik o’qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar keyingi bosqichda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o’qishni davom ettiradi. Ushbu ta’lim yo’nalishlari bo’yicha xorijda o’qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar SamDChTI va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama diplomiga ega bo’ladi.
Qo’shma ta’lim dasturlari doirasida magistratura mutaxassisligi bo’yicha 1 ta qo’shma ta’lim dasturi tashkil etilgan. Ushbu qo’shma dasturi Rossiyaning Belgorod milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Magistraturada “Lingvistika: roman german tillari” ixtisosligi bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Magistratura yo’nalishida tahsil oladigan talabalar o’qishning birinchi yilini SamDChTIda va ikkinchi yilini xorijiy OTMda olib boradi.

 

MALAKA TALABLARI

Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari

5120100- Filologiya va tillarni o’qitish: koreys tili- Janubiy Koreyaning Sunchunyang universiteti

5120100- Filologiya va tillarni o’qitish : rus tili- Rossiyaning Altay davlat pedagogika universiteti

5120100- Filologiya va tillarni o’qitish : ingliz tili- City University Malaisya

5120100- Filologiya va tillarni o’qitish : xitoy tili- Xitoyning Shanxay xorijiy tillar  universiteti

5611500-Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati- City University Malaisya         

Magistratura yo'nalishi malaka talablari

5А120102- Lingvistika: ingliz tili- Rossiyaning Belgorod milliy tadqiqot universiteti

chop etish