Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Samarqand davlat chet tillar instituti va Koreya Daeshin universiteti qoshidagi Xalqaro ta’lim instituti hamkorlikda


5-oktabrda institutga Janubiy Koreyaning Daeshin universiteti qoshidagi Xalqaro ta’lim instituti direktori Ha Iho va Global Dream Plus Co., LTD ta’lim tashkiloti direktori Yoon Kyoung-Donlar tashrif buyurdi. Mehmonlar institutimiz rektori I.Tuxtasinov hamda Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O.Yusupov bilan rasmiy uchrashuv o’tkazishdi.

Uchrashuv davomida institutimiz rektori I.Tuxtasinov Koreya ta’lim dargohlari bilan o’quv-metodik va amaliy jihatdan hamkorlikda ish ko’rayotganligi hamda institutimizda koreys tili mukammal darajada o’rgatilayotganligini ta’kidladi.

Uchrashuvdan ko’zlangan asosiy maqsad bakalavriyatda talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, magistratura va doktoranturada ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanayotgan o’qituvchilar malakasini oshirish, kelgusida qo’shma fakultet ochish, millatlartimiz milliy madaniyatini o’rgatish kabilar bo’ldi.

Uchrashuv so’ngida Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O.Yusupov uchrashuv jarayonida kelishilgan maqsadlarimiz imkon qadar amalga oshishi joizligi va tuziladigan shartnoma, albatta, oliygoh rahbarlari ishtirokida bo’lsa, maqsadga muvofiq bo’lishini aytib o’tdi.

chop etish