Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Samarqand davlat chet tillar institutida pedagogik amaliyot hisobotlari o‘tkazilmoqda


Dastlab fakultetlarda pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan konferensiyalar tashkil etildi. Shundan so‘ng talabalar 1-fevraldan boshlab o‘zlariga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagogik amaliyotni o‘tash uchun borishdi. Unda talabalar maktabning tashkiliy tuzilmasi, maktab rahbariyati, jamoasi, o‘qituvchi va sinf rahbarining ish rejasi, fan bo‘yicha kalendar rejasi, dars ishlanmalari, sinf jurnallari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tanishdilar. 
       2019-yil 4-apreldan boshlab Ingliz tili-I fakultetida “Ingliz tili o‘qitish metodikasi va amaliyoti” kafedrasi hamda fakultet dekani tomonidan pedagogik amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalardan hisobotlar qabul qilina boshlandi. Talabalar pedagogik amaliyot davrida kuzatgan darslari tahlili, o‘tilgan darslar hisoboti, dars jarayonida qo‘llagan pedagogik va innovatsion metodlar va shu kabilar bo‘yicha bajargan ishlari yuzasidan ingliz tilida hisobot berishmoqda.

chop etish