Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Samarqand davlat chet tillar institutiga AQShning Vebster universiteti delegatsiyasi tashrifi


2018 yil 9 may kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Amerika Qo’shma Shtatlarining Vebster universiteti vitse-prezidenti Peter Maher va chet tili fakulteti dekani Dje Kayzer hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori Botir Usmonovlar tashrif buyurdi.

Mehmonlar bilan institut rektori I.Tuxtasinov, institut ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Sh.Ashurov, Roman-german tillari fakulteti dekani B.Primov va institut xalqaro aloqalar bo’limim boshlig’i O.Yusupovlar ishtirokida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda institut rektori I.Tuxtasinov Samarqand davlat chet tillar instituti, institutda mavjud fakultetlar, ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Vebster universiteti vitse-prezidenti Peter Maher ham o’z navbatida Vebster universiteti tarixi, universitet fakultetlari, bo’limlari va Vebster universitetining turli mamlakatlardagi filiallari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, P. Maher AQSh va O’zbekistonning barcha sohalardagi munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganligi, hozirda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joriy yilning sentabr oyida Vebster universiteti filialini ochish borasida muzokaralar olib borilayotganligini ma’lum qildi.

Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasida kelajakda quyidagi sohalarda hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasida kelishib olindi:

  • Hamkorlikda 2+2 dasturi asosida qo’sh-diplom mutaxassisligini joriy etish;
  • Hamkorlikda onlayn videokonferensiyalar va onlayn o’quv kurslarini amalga oshirish;
  • Vebster universitetida ingliz tili o’qituvchilari malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;
  • Ilmiy darajaga hamda til bilish darajasi (TOEFL, IELTS)ga ega bo’lgan institut professor-o’qituvchilarini tanlov asosida Toshkent shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan Vebster universiteti filialiga ishga taklif etish;
  • Akademik almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yish;
  • Hamkorlikda Samarqand davlat chet tillar instituti bazasida qisqa muddatli “O’zbek tili va madaniyati” yozgi o’quv kurslarini tashkil etish va boshqalar.

Uchrashuvdan so’ng mehmonlar institut rektori hamrohligida institutning til va madaniyat markazlari, SamDChTI qoshidagi Konfusiy Instituti va eng zamonaviy AKT vositalari bilan jihozlangan “Smart klass” sinfxonasi bilan tanishishdi.

chop etish