Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

SamDChTI abituriyetlariga!


Aziz yoshlar, hayotingiz va porloq kelajagingiz sari tashlayotgan dastlabki yirik qadamingiz oldidan, barchangizga omad yor bo’lsin.

Bugun 2 - avgust kuni Samarqand chet tillar instituti bakalavriatiga o’qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari o’tkazilmoqda.

Test sinovlari o’tkaziladigan binolarda yong’in va xavfsizlik choralari ko’rildi, abituriyentlar uchun barcha auditoriyalarda ichimlik suvi hamda barcha binolarda tibbiyot xodimlarining navbatchiligi tashkil etiliyapdi.

Abituriyentlarning ota-onalari uchun salqin joylarda joylar tashkil qilindi va u yerda katta hajmli monitorlar yordamida test jarayonlari onlayn ko’rinishda yoritib boriliyapdi.  Har bir ota-ona o’z farzandining binoga kirishi, test jarayonining borishini kuzatib turmokda.

Bu kabi chora-tadbirlar test sinovlarining adolatli, shaffof holda o’tishini ta’minlashga xizmat qiliniyapdi.

Natijada, biz vatanparvar, ilmiy salohiyati yuqori, ma’naviy boy, dunyoqarashi keng yoshlarni talabalarimiz safiga qabul qilishdan behad mamnun bo’lardik.

Samarqand chet tillar instituti talabasi bo’lishdek oliy maqsadni diliga tuygan barcha yigit-qizlarga omad  va zafarlar yor bo’lishini tilaymiz.
BARChA ABITURIYeNTLARGA OMAD YOR BO’LSIN!!!

chop etish