Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

SamDChTI akademik litseyida xorijlik mutaxassislar faoliyat boshladi


Bugungi kunga kelib chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan talab va qiziqish shu darajada kuchaydiki, bog‘cha yoshidagi bolalardan boshlab katta yoshdagi mutaxassislargacha chet tillarini o‘rganishga harakat qilyaptilar. Chunki til o‘rganish o‘sha tilda gaplashuvchi davlatlar madaniyati, tarixi va urf-odatlarini o‘rganish bilan birga shaxsiy manfaatlar yo‘lida ham eshiklar ochilishiga zamin yaratadi. 
Konfutsiy Instituti tomonidan ko‘ngilli mutaxassis sifatida SamDChTIga tashrif buyurgаn xitoylik Guo Yanli institut akademik litseyida bir yil davomida xitoy tilidan dars berishga jalb etildi. 
Institut rektori I.M.Tuxtasinov akademik litsey talabalari hamda o‘qituvchilariga Guo Yanlini tanishtirib, o‘quvchilar faoliyatiga omad tiladi.
“Bir yil davomida biz birgalikda xitoy tilini , shu jumladan, madaniyatini ham o‘rganib, yaxshi natijalarga erishamiz degan umiddaman” deb o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi mutaxassis Guo Yanli.

chop etish