Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

SamDChTI bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi


Keyingi yillarda yurtimizda ko‘plab sohalarda oliy ta’lim muassasasini bitirayotgan yosh mutaxassislarga talab oshib bormoqda. Natijada ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash imkoniyatlari kengaymoqda.

Institutning Marketing bo‘limi hamda OOO “C.A.T.I.A” turistik firmasi tashabbusi institut bitiruvchilari o‘rtasida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini izlashda innovatsion modellar asosida yordam berishga qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.

chop etish