Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

SamDChTI Ingliz tili fakultetida 8-mart shukuhi


Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakultetida 2019-yil 6-mart kunida “Balli qizlar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tanlovda ishtirok etganlardan Ingliz tili fakulteti professor-o‘qituvchilari, fakultet dekani, dekan o‘rinbosari, kafedra mudirlari va fakultet talabalar jamoasi ishtirok etishdi.
"Turon malikalari”, “O‘zbegim qizlari”, “Sharq yulduzi” nomli jamoalar tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritish uchun o‘zlarini tanishtirish, pazandalik mahorati hamda sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi. 
Tanlov g‘olibligini “Turon malikalari” jamoasi qo‘lga kiritishdi, shuningdek, “O‘zbegim qizlari”, “Sharq yulduzi” jamoalari 2-o‘rin sohibalari bo‘lishdi.

chop etish