Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

SamDChTI. Narpay tumani bitiruvchilari


Samarqand viloyati Narpay tumani Xalq ta’lim bo‘limi vakillari Samarqand davlat chet tillar institutining Marketing bo‘limi xodimlari bilan birgalikda institutda ta’lim olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida davra suhbatini o‘tkazishdi.

Narpay tumani Xalq ta’lim bo‘limi vakillari hamda institut Marketing bo‘limi xodimlari bitiruvchi bosqich talabalariga bo‘sh ish o‘rinlari va tashkilotlar bilan tuziladigan uch tomonlama shartnomalar to‘g‘risida kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar berishdi.

Institut Marketing bo’limi xodimi N.Maxmudovich bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilish va yangi ish o’rinlarini izlashda innovatsion modellar asosida yordam berish borasida o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

chop etish