Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

SamDChTI o'qituvchilari Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirib qaytishdi


Samarqand davlat chet tillar institutining 5 nafar professor-o'qituvchilari Xitoy Xalq Respublikasining Heilongjiang Universitetida “Xalqaro xitoy tili o`qituvchilarning malakasini oshirish loyihasi” doirasida malaka oshirib qaytishdi.

SamDChTI qoshidagi Konfutsiy Instituti bilan hamkorlikda XXRning O’zbekistondagi elchixonasi granti asosida tashkil etilgan malaka oshirish kursida o'qituvchilar xitoy tilini xorijiy til sifatida o’qitish, baholash mezonlari va o`quv materiallarini to'g'ri tanlay bilish kabi yo`nalishlar bo`yicha ko`nikmalarga ega bo`lishdi va pedagogik mahoratlarini oshirishdi.

O’qituvchilarning xorij safari natijasi yuzasidan institut rektori bilan uchrashuv bo’lib o’tdi va unda o’qituvchilarning hisobotlari tinglandi. Shuningdek, safar davomida orttirilgan tajriba asosida mahorat darslari va ma’ruzalar tashkil etishga kelishib olindi.

chop etish