Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

SamDChTI professor-o’qituvchilari Buyuk Britaniyada malaka oshirmoqda


Samarqand davlat chet tillar institutining 3 nafar professor-o’qituvchilari Buyuk Britaniyaning Norvich til o’qitish institutida malaka oshirmoqda. Malaka oshirish muddati turt haftani tashkil etadi.

Malaka oshirish kursida tahsil olayotganlar o’z kasbiy mahoratlarini oshirish, trenerlik mahoratini yuksaltirish, baholash mezonlari va o’quv materiallarini to’g’ri tanlay bilish kabi yo’nalishlar bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishmoqda. Institut professor-o’qituvchilarining Buyuk Britaniyada malaka oshirishlari ularning kelgusidagi faoliyati uchun ham foydali bo’lish bilan bir qatorda, ingliz tili va madaniyatini nafaqat mashg’ulotlar davomida, balki mahalliy muhitda, shu millat egalari orasida o’zlashtirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumot uchun institut professor-o’qituvchilarining xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son qarorida belgilangan professor-o’qituvchilarning yuqori kasbiy mahorat va zamonaviy bilimlarga ega bo’lishini ta’minlash to’g’risidagi vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

chop etish