Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

SamDChTI prorektori F.Sh.Ro‘ziqulovning Xitoyga tashrifi


Xitoy Xalq Respublikasi Shanxay universitetida o‘tkazilgan tadqimotda Samarqand davlat chet tillar instituti prorektori F.Sh.Ro‘ziqulov ham ishtirok etdi. Taqdimotda Shanxay universiteti bilan hamkorlikda shu kungacha amalga oshirilgan ishlar, natijalari va kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar, kelgusida imzolanadigan shartnoma hamda o‘zaro hamkorliklar to‘g‘risida fikr-mulohazalar almashinildi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari Pekin xorijiy tillar universiteti, Xitoy millatlar markaziy universiteti va Shanxaydagi horijiy tillar universitetiga tashrif buyurib, ularning o‘quv mashg‘ulotlari, dars jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

Hamkorlikda mavjud aloqalarni yanada kengaytirib, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ularning malakasini oshirish, birgalikda ilmiy konferensiyalar tashkil etish to‘g‘risida kelgusida hamkorlik shartnomalari imzolashga kelishib olindi. Jumladan, joriy yilda Xitoy Xalq Republikasida tashkil etilgan O‘zbek tili va madaniyat markazida o‘zbek tilini o‘rganayotgan xitoylik talabalar bilan ham uchrashuv o‘tkazishdi. Markazdagi talabalar o‘zbek tilida ravon gapirshi tahsinga sazovordir.

 

chop etish