Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

SamDChTI rektori doktorant va mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi


Joriy yilning 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil    16- fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4958-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori hamda institut rektorining 2018-yil 27-noyabrdagi “Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi 809-sonli buyrug‘iga asosan 2019-yil uchun tayanch doktoranturaga qabul qilingan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilik institutiga qabul qilingan mustaqil izlanuvchilar bilan institut rektori I.M.Tuxtasinov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Uchrashuv davomida I.M.Tuxtasinov tadqiqotchilarni ilmiy tadqiqot ishlarini boshlagani bilan tabriklab, kelgusida qilishi lozim bo‘lgan ishlar, davlatimiz tomonidan ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga bugungi kunda qo‘yilayotgan talablar to‘g‘risida hamda institutda ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, ilmiy tadqiqot ishini tayyorlashda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi, o‘z vaqtida himoya qilganlarni har tomonlama rag‘batlantirish, umuman, dissertatsiya himoyasiga tayyor bo‘lgan barcha tadqiqotchilarni institut tomonidan qo‘lab-quvvatlanishi ta’kitlab o‘tildi.

Uchrashuvda institut rektori, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘lim boshlig‘i va barcha doktorant va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi.

chop etish