Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

SamDChTI rektori “Korrupsiyaga qarshi kurash – bugunning dolzarb vazifasi” mavzusida suhbat o‘tkazdi


Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov 2019-yil 3-may kuni  institut professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurash – bugunning dolzarb vazifasi” mavzusida suhbat o‘tkazdi. 

Korrupsiya dunyo miqiyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Jumladan, oliy ta’lim muassalarini bitirib, kasbiy faoliyat boshlash ostonasida turgan yoshlarga korrupsiyaning nechog‘li xavfli illat ekani haqida ma’lumotlar berish foydadan xoli bo‘lmaydi, albatta. Negaki, bugungi kun bitiruvchisi ertangi mutaxassis, jamiyat va davlat boshqaruvining ishtirokchisidir

 – deb, o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi institut rektori I.M.Tuxtasinov.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

chop etish